IKI rebrending o‘tkazdi

IKI rebrending o‘tkazdi

Hurmatli hamkasblar, sportchilar va barcha kurash muxlislari!

Xalqaro Kurash instituti o‘z faoliyatini yanada rivojlantirib, takomillashtirib bormoqda. Yangi yil avvalida Sizlarga IKI ning yangilangan brendini taqdim etishdan mamnunmiz. Ushbu brend institutimizning taraqqiyot va innovatsiyalarga intilishini aks ettiradi.

Avvalgidek, biz birdamlik, professionallik va tinimsiz rivojlanish kabi o‘z qadriyatlarimizga sodiqmiz. Ishonamizki, birgalikda Sevimli Kurashimizning rivoji va ravnaqi yo‘lida yanada katta yutuqlarga erishamiz.

Bizni kuzatib boring va yangiliklardan xabardor bo‘ling!